Yordam

Savolingizga javob topa olmasangiz, sahifa pastidagi email orqali yozing.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Ilovaga qanday kiraman?

Kirish ekranida uchta usuldan birini tanlang: Apple ID, Google akkaunt yoki ro‘yxatdan o‘tmasdan mehmon rejimi. Progressingiz akkauntga bog‘lanib, boshqa qurilmalarda ham saqlanishi uchun Apple yoki Google orqali kirish tavsiya etiladi.

«Mavjud kirish usulidan foydalaning» degan xabar chiqyapti

Bu shu email bilan iWords akkaunti boshqa usulda (masalan, Apple orqali) allaqachon ochilganini bildiradi. Akkauntingiz xavfsizligi uchun ikki akkaunt avtomatik birlashtirilmaydi. Avval qaysi usul bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, o‘sha tugma orqali kiring.

Akkauntimni qanday o‘chiraman?

Ilovada Profil ekranini oching, eng pastdagi «Delete Account» tugmasini bosing va tasdiqlang. Akkauntingiz va barcha o‘qish ma’lumotlaringiz darhol o‘chiriladi, bu amalni qaytarib bo‘lmaydi.

Ilovaga kira olmasangiz, akkaunt qaysi email bilan ochilganini ko‘rsatib bizga yozing — so‘rovni 30 kun ichida bajaramiz. Batafsil: Maxfiylik siyosati.

So‘zlarning ovozi eshitilmayapti

Telefon ovozi yoqilganini va iPhone’da «Jim» (Silent) rejimi o‘chirilganini tekshiring. Audio internet orqali yuklanadi, shuning uchun aloqa barqarorligiga ham e’tibor bering.

Progressim yoki coinlarim noto‘g‘ri ko‘rinyapti

Ilovani App Store yoki Google Play orqali eng so‘nggi versiyaga yangilang va internetga ulangan holda qayta oching. Muammo davom etsa, qaysi akkaunt bilan kirganingiz va muammo tavsifi bilan bizga yozing.

Ilova qaysi qurilmalarda ishlaydi?

iWords iPhone (App Store) va Android (Google Play) qurilmalarida ishlaydi.

Biz bilan bog‘laning

Odatda 1–2 ish kuni ichida javob beramiz. · We usually reply within 1–2 business days.

rahmatullayevjavohir87@gmail.com

Support (English)

iWords helps Uzbek speakers learn English vocabulary. Sign in with Apple, Google or continue as a guest. To delete your account, open Profile and tap “Delete Account” at the bottom; your data is removed immediately. For any question, email rahmatullayevjavohir87@gmail.com. See also our Privacy Policy.